yandex

Kontaktlar

ARASHAN O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. Chimkent ko`chasi 8/2 uy

+998712085010

+998712088900

info@arashan.uz

Ishlab chiqaruvchi

Bosh qarorgohi Bratislavada bo`lgan Pleuran s.r.o. Slovakiya kompaniyasi Defensikan Imunoglukan® ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Pleuran s.r.o. – bu sog'liqni saqlash uchun yuqori sifatli tabiiy mahsulotlarni ishlab chiqish, ularni ishlab chiqarish va sotish bilan shug`illanuvchi biotexnologik kompaniya. Pleuran s.r.o. glyukanlar ishlab chiqarish sohasida ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan professional xodimlar nazorati ostida patentlangan ekstraksiya usuli yordamida amalga oshiriladigan Imunoglukan tabiiy moddasini (Pleurotus ostreatusdan) ajratib olishga ixtisoslashgan. Mahalliy va xorijiy hamkorlar va tadqiqot markazlari bilan keng qamrovli ilmiy hamkorlik doirasida Pleuran s.r.o. mahsulot portfelini doimiy ravishda takomillashtirib va kengaytirib bormoqda.

Distribyutor

ARASHAN O‘zbekiston Respublikasi hududida retsept bo‘yicha va retseptsiz farmatsevtika mahsulotlarini targ'ib qilishda xorijiy kompaniyalarning manfaatlarini ifodalaydi. Kompaniyaning nomi tabiat tomonidan yaratilgan ajoyib joy – Arashan ko'llaridan kelib chiqqan. Bu joyning o'ziga xosligi ARASHAN jamoasini noyob brendlarni targ'ib qilish loyihalarini yaratishga ilhomlantiradi. ARASHAN kompaniyasi asosiy tamoyillari ochiqlik va halollik bo`lgan tabiat qonunlariga asoslanadi.